PROF-ITECH
0%
PROF-ITECH

Ishga tushgandan keyin: monitoring, backup va yangilanishlar

Mahsulot ishga tushgan kuni ish tugamaydi. Tizim to‘xtab qolmasligi uchun boshidanoq sozlanadigan uchta narsa.

Chop etildi
MavzuInfratuzilma
O‘qish4 daqiqa

Ko‘p loyihalar launch kuni “tayyor” deb hisoblanadi. Lekin aynan shundan keyin haqiqiy foydalanuvchilar, haqiqiy yuklama va kutilmagan xatolar keladi. Biz uchun production — mahsulotning bir qismi, keyingi bosqich emas.

Monitoring: muammoni mijozdan oldin bilish

Server holati, sahifa tezligi va xatolar soni avtomatik kuzatiladi. Biror narsa me’yordan chiqsa, jamoa darhol xabar oladi. Mijoz “sayt ishlamayapti” deb qo‘ng‘iroq qilishini kutmaymiz.

Backup: tiklab ko‘rilgan nusxa

Zaxira nusxa olish yetarli emas — undan tiklash ham sinab ko‘rilishi kerak. Ma’lumotlar bazasining avtomatik nusxalari alohida joyda saqlanadi va vaqti-vaqti bilan tiklash mashq qilinadi.

Yangilanishlar: kichik va tez-tez

CI/CD bilan har bir o‘zgarish avtomatik tekshiriladi va bir xil yo‘l bilan chiqadi. Katta, qo‘rqinchli relizlar o‘rniga kichik yangilanishlar — ular xavfsizroq va kerak bo‘lsa orqaga qaytarish oson.

  • Xatolar va tezlik kuzatuvi
  • Kunlik zaxira nusxa va tiklash sinovi
  • Avtomatik test va yetkazish
  • Xavfsizlik yangilanishlari jadvali

Bularning hammasi kichik loyihada ham qimmat emas, agar boshidanoq rejalashtirilsa. Keyinroq qo‘shish esa doim qimmatroq tushadi.

Bizga yozing
Keyingi maqolaBiznesda AI: uchta amaliy boshlang‘ich nuqtaBarcha maqolalar